O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Madaniy merosni asrash va uning turizm rivojiga hissasi” I Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi

2019-12-04

4-5 dekabr kunlari Samarqand shahrida “Madaniy merosni asrash va uning turizm rivojiga hissasi” mavzusida I Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi bo‘lib o‘tadi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 sentyabrdagi 828-sonli “Samarqand viloyatining turistik salohiyatidan samarali foydalanish va uni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” qarori ijrosini ta'minlash doirasida o‘tkazilmoqda.  

Simpoziumda ishtirok etish uchun O‘zbekistonning vazirlik, idora va hokimliklari, ilmiy doiralari, ilmiy-tadqiqot va o‘quv muassasalari, xalqaro tashkilotlarining 100 ga yaqin vakillari, soha mutaxassislari va ekspertlari taklif etilgan.

Tadbirni o‘tkazishdan maqsad – O‘zbekistonning, xususan Samarqandning arxeologik va madaniy merosini asrash va ommalashtirish; turistik ob'yektlar rekonstruksiya va restavratsiyasi bo‘yicha xorijiy mutaxassislar bilan uzoq muddatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, restavratsion ishlarni takomillashtirish hamda me'moriy merosni asrashga doir strategik taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish, madaniy turizmning yangi shakllarini ishlab chiqish va targ‘ib qilish va b.

Simpozium ikki kun davomida o‘tkaziladi. Tadbir dasturidan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘rin olgan bo‘lib, unda madaniy merosni asrash va uning turizmni rivojlantirishga qo‘shuvchi hissasiga oid dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi, xorijiy ekspertlar ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi.

Tadbir doirasida mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda Buyuk Britaniya, Italiya, Gresiya, Fransiya, Germaniya, Hindiston, Yaponiya, Xitoy ekspertlari, shuningdek, YuNESKO va Jahon bankining O‘zbekistondagi vakillari so‘zga chiqadi.

Simpozium davomida uning ishtirokchilari uchun Samarqand shahrining diqqatga sazovor maskanlari bo‘ylab ekskursiya uyushtiriladi.

Forum doirasida noyob arxitektura yodgorliklarini asrashga mas'ul vazirlik va idoralar vakillari o‘rtasida konstruktiv muloqot yo‘lga qo‘yiladi. Tadbir yakuniga ko‘ra, simpoziumdagi ma'ruzalar va tezislar to‘plami nashr etiladi.

“Madaniy merosni asrash va uning turizm rivojiga hissasi” mavzusida I Xalqaro ilmiy-amaliy simpoziumi tashkilotchilari – O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi va Turizmni rivojlantirish instituti. 

Поделиться