O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Respublika sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi

2019-11-18

Respublikamizda import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlarni ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlari va kichik biznes sub'yektlari o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini jadal rivojlantirish, hududlarning sanoat salohiyatini yanada kengaytirish maqsadida 2019-yil 18-22-noyabr kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” Aktsionerlik jamiyatining ko‘rgazmalar pavilonida Respublika sanoat yarmarkasi va kooperatsiya birjasi bo‘lib o‘tadi.

Respublika sanoat yarmarkasini o‘tkazish mobaynida sanoat tarmoqlari va kichik biznes sub'yektlari respublikamizda ishlab chiqarilayotgan va o‘zlashtirish yo‘lga qo‘yilgan ilgari import qilinayotgan mahalliy mahsulotlarni xarid qilish hamda tarmoq xo‘jalik birlashmalari, yirik sanoat korxonalari va Ustav jamg‘armasida 50% dan ortiq davlat ulushiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarga mahsulotlar, butlovchi qismlar, materiallar va xom-ashyolarni yetkazib berish bo‘yicha xo‘jalik shartnomalari tuzish imkoniyatga ega bo‘ladilar.

Respublika sanoat yarmarkasi to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining Eksportga ko‘maklashish boshqarmasiga +99878 150-60-06 telefon raqamiga murojaat qilish mumkin.

Barcha mahalliy tadbirkorlik sub'yektlarini mazkur Respublika sanoat yarmarkasida faol ishtirok etishga taklif etib qolamiz.

Поделиться