O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
“Ipak yo’lidagi turizm” 25-Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi
2019-11-13
13-15 noyabr kunlari poytaxtimizning “O’zekspomarkaz” MKKda “Ipak yo’lidagi turizm” 25-Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi (TXTYa-2019) bo’lib o’tadi.
Bugungi kunda O’zbekistonning turistik bozori qiziqarli va ilg’or voqealarga boy.
Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi – “Ipak yo’lidagi turizm” (TXTYa) – O’zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasining turistik sanoatidagi eng yorqin, eng yirik tadbir.
Yarmarka 1995 yildan buyon Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon sayyohlik tashkiloti (YuNVTO) rasmiy ko’magida o’tkazib kelinmoqda. Har yili ko’rgazmada dunyoning turli mamlakatlaridan turizm sohasidagi mutaxassislar to’planadi.
Tadbir o’tadigan joy – “O’zekspomarkaz” MKKda milliy va xalqaro darajadagi ikkita pavilion o’rin oladi. Birinchi pavilyonda mamlakat mintaqalarining milliy madaniyati va sayyohlik salohiyatining o’ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi stendlar namoyish etiladi, ikkinchisida – xalqaro transport kompaniyalari, davlat tashkilotlari, diplomatik vakolatxonalar, O’zbekiston va undan tashqarida joylashgan turistik va kurort joylar stendlari namoyish etiladi.
Yarmarka doirasida ishtirokchilar Sharq bozori, “Ipak yo’li mazasi” milliy taomlar festivali, O’zbekiston sayyohlik brendi elchilarining xalqaro forumi, Shahrisabz xalqaro milliy kiyimlar festivalining taqdimoti, hunarmandlar uchun mahorat darslari va mahsulotlar ko’rgazmasi, O’zbekiston va Rossiya birinchi sayyohlik forumi va shu kabi boshqa tadbirlardan bahramand bo’lishadi.
Ko’rgazmaning ishchi qismida ham O’zbekistonning, ham xorijiy mamlakatlarning turistik yo’nalishlariga bag’ishlangan bir qator taqdimotlar bo’lib o’tadi. “Turizm sohasidagi innovatsiyalar”, “Turizm sohasidagi tadbirkorlik subyektlariga beriladigan imtiyoz va preferentsiyalar” mavzularidagi taqdimotlar, “O’zbekistonning rasmiy yo’lko’rsatgichi” mobil ilovasining taqdimotlari va boshqalar shular jumlasidandir.