O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston-Norvegiya siyosiy maslahatlashuvlari
2019-11-04
2019-yilning 4-noyabr kuni O‘zbekiston-Norvegiya vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarining ikkinchi raundi bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etish uchun Toshkent shahriga Norvegiya Qirolligi Tashqi ishlar vazirligining Davlat kotibi Audun Halvorsen boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.
Norvegiya delegatsiyasi tashrifi dasturidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senatida va Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.