O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston-Shveysariya siyosiy maslahatlashuvlari
2019-10-30
2019-yilning 30-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston-Shveysariya siyosiy maslahatlashuvlarining oltinchi raundi bo‘lib o‘tadi. Unda ishtirok etish uchun Shveysariya Konfederatsiyasi davlat kotibi o‘rinbosari Kristina Marti Lang boshchiligidagi Tashqi ishlar federal departamenti (vazirligi) delegatsiyasi Toshkent shahriga keladi.
Shveysariya delegatsiyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida Oliy Majlis Senati, Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markazda uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.