O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro robototexnika musobaqasi

2019-10-29

29-31-oktabr kunlari poytaxtimizning “Oʼzbekspormarkaz“ milliy koʼrgazma majmuasida yurtimiz tarixida eng yirik xalqaro robototexnika musobaqasi oʼtkaziladi.

“InnoWeek” ikkinchi xalqaro innovatsion gʼoyalar haftaligi doirasida Islom hamkorlik tashkiloti hamda Islom taraqqiyot banki hamkorligida 17-23 yoshdagi ishtirokchilar uchun “The First OIC Robotics Challenge” xalqaro robototexnika musobaqasi oʼtkaziladi. Unda Islom hamkorlik tashkilotiga aʼzo 24 davlatdan 70 nafardan ortiq ishtirokchilar qatnashadi.

Musobaqaga Singapurdan mutaxassis sifatida doktor professor Ziyo Аhmad taklif etilgan. Shuningdek, Islom hamkorlik tashkiloti Boshqaruv kengashi aʼzosi professor Hasan Basri Аrslon, Islom hamkorlik tashkilotning Ilm-fan va texnologiyalar boʼyicha doimiy qoʼmitasi maslahatchisi doktor Sayid Xurshid Xasanain, Xalqaro robototexnika olimpiya qoʼmitasi prezidenti Kim Jong Xvan, Islom hamkorlik yoshlar forumi prezidenti Taxa Аynanning tadbirlarda ishtirok etishlari kutilmoqda.

17-23 yoshdagi ishtirokchilar uchun “The First OIC Robotics Challenge” xalqaro robototexnika musobaqasining “Robo-futbol” yoʼnalishida birinchi oʼrin uchun 6000 АQSh dollari, ikkinchi oʼrin uchun 4000 АQSh dollari, uchinchi oʼrin uchun 2000 АQSh dollari miqdorida mukofotlar beriladi. “Robo-sumo” yoʼnalishi mukofotlari esa birinchi oʼrin uchun 5000 АQSh dollari, ikkinchi oʼrin uchun 3000 АQSh dollari, uchinchi oʼrin uchun 1000 АQSh dollari etib belgilangan. Bundan tashqari, musobaqa gʼoliblariga esdalik sovgʼalari va sertifikatlar taqdim etiladi.

Shuningdek, musobaqa doirasida Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 9-16 yoshdagi bolalar uchun “Robosumo“, “West sort out” va “Kegelring“ musobaqalari tashkil etilgan boʼlib, unda Markaziy Osiyo mamlakatlaridan 60 nafarga yaqin ishtirokchilar qatnashmoqda. Musobaqa gʼoliblariga mahalliy homiylar tomonidan esdalik sovgʼalari taqdim etiladi.

Barchani musobaqalarga taklif etamiz! Keling va jamoalarga muxlislik qiling!

Поделиться