O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
TTDHK Bosh kotibining O‘zbekistonga tashrifi
2019-10-03
2019-yilning 3-6-oktabr kunlari Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashining Bosh kotibi Bog‘dod Amreyev O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Tashrif doirasida Bog‘dod Amreyev O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Savdo-sanoat palatasida uchrashuvlar o‘tkazadi, mamlakatimizda birinchi marta bo‘lib o‘tadigan TTDHKning Ishbilarmonlar kengashi majlisida va O‘zbekiston, Ozarbayjon, Vengriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkiya tadbirkorlari ishtirokidagi Investitsion biznes forumida ishtirok etadi. Bog‘dod Amreyevga TTDHK Kotibiyati delegatsiyasi hamrohlik qiladi.
Qayd etish joizki, Turkiy olam Ishbilarmonlar kengashi majlisi va biznes forumi Toshkent shahrida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda mamlakatimizning Anqara shahridagi Elchixonasining faol ko‘magida o‘tkazilmoqda.