O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekistonda Birinchi Xalqaro Geoturistik forumi o‘tkaziladi

2019-08-01

2019 yilning 1-3 avgust kunlari Qashqadaryo viloyatida Birinchi Xalqaro Geoturistik forumi o‘tkaziladi.

1979 yilda asos solingan Kitob qo‘riqxonasi O‘zbekistonning tabiat muhofazasidagi noyob zonalaridan biri sanaladi. Xalqaro tadqiqotlarda taqdim etilgan ilmiy ma'lumotlarni o‘rganish natijasida Kitob Davlat geologik qo‘riqxonasi dunyodagi yagona Ems yarusi quyi standarti, dunyo okeanidan yerda paydo bo‘lgan ilk yodgorliklardan biri ekanligi ma'lum bo‘ldi.
 
Olimlar tomonidan suvdan quruqlikka chiqish joyi sifatida ilmiy jihatdan tasdiqlangan Mazkur faktlarni hisobga olgan holda Forum tashkilotchilari tomonidan yangi turistik brendni targ‘ib qilish bo‘yicha maxsus dastur ishlab chiqarish taklif etilgan: «Hayot boshlanishi. O‘zbekiston».
 
Forum doirasida ishtirokchilarni Shahrisabz bo‘ylab ajoyib safar, shaharning asosiy diqqatga sazovor joylariga sayohat kutmoqda. Ikkinchi kuni Kitob Davlat geologik qo‘riqxonasiga sayohat, Kitob qo‘riqxonasidan 3 km. masofada Zinzilbanda joylashgan Ems yarusiga ekskursiya qilinadi. Geologiya davlat qo‘mitasi mutaxassislarining ilmiy taqdimotlari bo‘lib o‘tadigan ilmiy-tadqiqot anjumanlari tashkil etiladi. Forum doirasida shuningdek, Kitob kenglik stansiyasiga ham tashrif buyurish rejalashtirilgan.
 
Forum tashkilotchilari - O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi. Forum ishtirokchilari diqqat markazida Kitob Davlat geologik qo‘riqxonasi ob'ektlarini vizual o‘rganish turadi.
 
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi
MILLIY PR-​MARKAZI

Поделиться