O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Fransiya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi
2019-04-16
2019-yilning 16-17-aprel kunlari Fransiya Respublikasi Tashqi ishlar vaziri huzuridagi Davlat kotibi Jan-Batist Lemuan boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonda bo‘ladi.
Tashrif dasturiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida uchrashuv va muzokaralar o‘tkaziladi va turli sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning amaliy masalalari muhokama qilinadi.
Delegatsiya, shuningdek, Samarqand va Toshkent viloyatlariga tashrif buyurib, Fransiya taraqqiyot agentligi loyihalarini amalga oshirish jarayoni bilan tanishadi.