O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xorazm viloyatidagi birinchi xalqaro invеstitsion forum oʻtkaziladi

2019-04-05

Oʻzbekistonning turistik salohiyatini oshirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati katta boʻlib, xorijiy investorlarni jalb qilish maqsadida oʻtkazilayotgan bu kabi forumlar yurtimizning jahon sayyohlik bozoridagi oʻrnini mustahkamlab, chet ellik sayyohlarni oqimini koʻpaytirishga xizmat qiladi. Forum joriy yilning 5-6 aprel kunlari boʻlib oʻtadi.

Ushbu forum doirasida Xorazm viloyatining investitsion salohiyati taqdimoti, viloyatda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari bilan tanishuv, xalqaro tashkilotlar va xorijiy investorlar bilan mahalliy tadbirkor va hokimliklar oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha B2B uchrashuvlar hamda koʻplab shartnomalar imzolanishi belgilangan.

Forumda viloyatdagi ishbilarmon doira vakillari bilan bir qatorda xalqaro moliya institutlari vakillari, salohiyatli xorijiy investorlar, yirik sayyohlik kompaniyalari, biznes sohasida faoliyat olib boruvchi yetakchi ekspertlar va mutaxassislarning ishtirok etishi kutilmoqda.

Поделиться