O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

I Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali

2019-04-05

Termizda 5-10 aprel kunlari keng koʻlamdagi tadbir – birinchi Xalqaro baxshichilik sanʼati festivali oʻtkaziladi.

Festivalda 75 mamlakatdan 170 chet ellik mehmonlar, jumladan diplomatik korpus vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, sharq madaniyati va sanʼati sohasining musiqachilari va ekspertlari, shuningdek xorijiy OAV vakillari ishtiroki kutilmoqda.

Tadbirga tayyorgarlik koʻrish jarayonida tashkilotchilar shaharni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish, festivali qatnashchilari va mehmonlari uchun turar-joylarni inventarizatsiya qilish va yangilash, jamoat joylarida sanitariya-gigiena obyektlarini oʻrnatish va boshqa koʻplab yoʻnalishlar boʻyicha ish olib bormoqda.

Hozirgi vaqtda Termizda va shahar atrofida jami 4 716 ta oʻringa teng boʻlgan 34 mehmonxona faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, tadbirga tayyorgarlik koʻrish jarayonida shahar va unga yaqin boʻlgan hududda umumiy 483 oʻringa moʻljallangan 102 mehmonxona uylari barpo etildi.

Festival ishtirokchilari orasida Surxondaryo viloyatining sayyohlik salohiyatini keng targʻib qilish maqsadida tashkilotchilar tomonidan viloyatning sayyohlik salohiyati haqida uch tilda 22 mingta buklet va 1,5 ming tarqatma materiallar, shuningdek, Termiz va Termiz viloyatining 2 mingdan ziyod turistik xaritalari tayyorlandi va chop etildi.

Поделиться