O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Vena shahrida BMT Narkotik moddalar boʻyicha komissiyasi sessiyasi

2019-03-19

2019-yilning 14-22-mart kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi vakillaridan iborat delegatsiya BMT Narkotiklar va jinoyatchilik boʻyicha boshqarmasi (BMT NJB) Narkotik moddalari boʻyicha komissiyasining Vena shahrida boʻlib oʻtadigan 62-yillik sessiyasida ishtirok etadi.

Mamlakatimizning Avstriyadagi Elchixonasi maʼlumotlariga koʻra, tadbir doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi BMT Bosh kotibi oʻrinbosari, NJB ijrochi direktori Yuriy Fedotov, ShHT Bosh kotibi Vladimir Norov, qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari va BMT NJB boʻlinmalari boshliqlari bilan uchrashuv oʻtkazishi kutilmoqda.

18-mart kuni sessiya doirasida narkotik moddalar tarqalishiga qarshi kurash boʻyicha Oʻzbekiston tajribasi va ushbu sohadagi mintaqaviy hamkorlikka bagʻishlangan xalqaro seminar boʻlib oʻtadi.

Поделиться