O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Savdo-iqtisodiy va texnik hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston – BAA hukumatlararo komissiyasining yigʻilishi

2019-03-12

2019-yilning 12-mart kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari oʻrtasidagi Savdo-iqtisodiy va texnik hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning uchinchi yigʻilishi oʻtkaziladi.

Oʻzbekiston Elchixonasi maʼlumotlariga koʻra Hukumatlararo komissiya yigʻilishida ishtirok etish uchun BAA Iqtisodiyot vaziri, komissiyaning Amirliklar tomonidan hamraisi Sulton al-Mansuriy boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga kelmoqda.

Yigʻilish kun tartibiga binoan oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish masalalari, jumladan ikki tomonlama savdo hajmini oshirish boʻyicha takliflar, qishloq xoʻjaligi, turizm, kichik va oʻrta biznes, moliya, fuqaro aviatsiyasi, sanoat va madaniyat sohalarida investitsion loyihalarni amalga oshirish va hamkorlikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqiladi.

Поделиться