O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Umumxalq ekologik xayriya hashari

2019-01-26

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 22 yanvardagi 41-F-sonli Farmoyishi asosida mamlakatimizning barcha hududlarida Oʻzbekiston ekologik harakati hamda bir qator davlat va jamoat tashkilotlari tashabbusi bilan 26 yanvar kuni mamlakatimizda ilk bora umumxalq ekologik xayriya hashari tashkil etilmoqda.

Atrof-muhitni pokiza saqlash, uni obodonlashtirish uchun ekologik xasharlarda faol ishtirok etish barcha kattayu-kichik, yoshu-qarining birdek vazifasi hisoblanadi.

Albatta, hasharlardan koʻzlangan asosiy maqsad xalqimizning ekologik va estetik madaniyatini yuksaltirish, ularni ona tabiat va uning neʼmatlariga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash, atrof-muhitni muhofaza qilish ishlariga yoshlarni keng jalb qilish, ozodalik va obodlik kabi milliy anaʼnalarimizni yoshlar ongiga singdirish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, uzluksiz ekologik taʼlim-tarbiya tizimiga koʻmaklashish, qolaversa, yurtimiz ozodaligi va obodligiga hissa qoʻshishdan iborat.

Atrof-muhitni, ona zaminni ardoqlab, uning neʼmatlarini, bugungi tinch hayotni qadrlab, shukronalik tuygʻusi bilan yashash, keng koʻlamdagi obodonchilik va koʻkalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish xalqimizga xos boʻlgan bebaho urf-odamlarimiz, qadriyatlarimiz sarasiga kiradi.

Umumxalq ekologik xayriya hasharida mahallalar, aholi punktlari, koʻp qavatli uylar va binolar, hovlilar atrofi, guzarlar, xiyobonlar, ziyoratgohlar va qabristonlar, ariqlar, koʻcha va yoʻlaklarni hamda bolalar maydonchalarini tartibga keltirish kabi ezgu ishlar amalga oshiriladi.

Tabiatga oid har bir mavjudlikni asrar ekanmiz, ular kelajak avlodlarimizga bizdan meros boʻlib qolishini sira ham yoddan chiqarmasligimiz kerak zero, tabiatni asrash va uni sevish biz, insonlarning zimmasidagi muhim vazifa, burchimiz ekanligini unutmasligimiz darkor.

Поделиться