O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekiston Mudofaa vazirining AQSHga tashrifi

2019-01-26

Oʻzbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov boshchiligidagi delegatsiya Amerika tomonining taklifiga binoan 2019-yilning 26-30-yanvar kunlari AQSHga tashrif buyuradi.

Oʻzbekistonning AQSHdagi Elchixonasi bergan maʼlumotlarga koʻra mamlakatimiz mudofaa idorasi vakillari Kemp-Shelbi harbiy bazasida (Missisipi shtati) “Janubiy zarba” oʻquv mashgʻulotlarining faol fazasini kuzatib borishadi.

“Janubiy zarba” – Missisipi shtati Milliy gvardiyasi tomonidan har yili oʻtkaziladigan oʻquv mashgʻulotlari. Maqsadi – quruqlikdagi, suvdagi va havodagi turli qoʻshin turlarining qoʻshma harakatlarini mashq qilish. Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari ilk bor mazkur tadbirda ishtirok etmoqda.

Harbiy delegatsiya Tampa shahridagi (Florida shtati) CENTCOM bosh qarorgohiga ham tashrif buyurib, uning rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazadi, Oʻzbekiston mudofaa idorasi va CENTCOM oʻrtasidagi Harbiy aloqalar rejasida koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashadi.

Поделиться