O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Oʻzbekiston hukumat delegatsiyasining AQSHga tashrifi
2019-01-23
2019-yilning 4-6-fevral kunlari Oʻzbekiston Bosh vaziri oʻrinbosari Tanzila Norboyeva va mehnat munosabatlari va bandlik vaziri Sherzod Qudbiyev tarkibidagi hukumat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan AQSHda boʻladi.
Oʻzbekistonning AQSHdagi Elchixonasi maʼlumotiga koʻra mamlakatimizning majburiy mehnatga barham berish masalalariga masʼul hukumat vakillari Vashington shahrida “Cotton Campaign” xalqaro koalitsiyasining yillik yigʻilishida ishtirok etadi.
“Cotton Campaign” tashkiloti tarkibiga mehnat va huquqni himoya qiluvchi nohukumat tashkilotlari, paxta yetishtirishda bolalar mehnati va majburiy mehnatga barham beradigan ishbilarmon va investitsion kompaniyalar kiradi.
Tashrif dasturidan huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar, AQSH ishlab chiqaruvchilar yirik birlashmalari, riteylorlar va kasaba uyushmalari tashkilotlari, Amerika kiyim va oyoq kiyimi assotsiatsiyasi, AQSH moda sanoati assotsiatsiyasi, Amerika mehnat federatsiyasi, Sanoat tashkilotlari kongressi va boshqalar, Nike, Zara, GAP, Leviʻs, H&M, UNIQLO kabi yetakchi chet el brendlari vakillari bilan uchrashuvlar oʻrin olgan.
Oʻzbekiston Elchixonasi xabariga koʻra, hukumat delegatsiyasi Oq uy, Davlat departamenti, Mehnat vazirligi, AQSH savdo vakili ofisi va boshqa xalqaro moliya institutlari vakillari bilan muzokaralar oʻtkazadi.