O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

UzBuild 2019

2019-02-27

2019-yilning 27-fevral – 1-mart kunlari poytaxtimiz Toshkentda "Qurilish – UzBuild 2019” xalqaro koʻrgazmasi boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi koʻmagida yigirmanchi marotaba tashkil etilayotgan mazkur yubiley ekspozitsiyada dunyoning oʻnlab mamlakatlaridan yuzlab nufuzli kompaniyalar ishtirok etadi.

“UzBuild 2019” xalqaro koʻrgazmasida Germaniya, Turkiya, Birlashgan Arab Amirliklari va Erondan milliy guruhlar qatnashadi.

Koʻrgazmaning alohida jihati – unda qurilish sohasining mahsulot ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, uskuna va jihozlar yetkazib berish kabi barcha jarayonlari qamrab olinadi.

Mutaxassislarning fikricha, mazkur koʻrgazmaning aynan bahor fasli boshida oʻtkazilishi bejiz emas. Sababi, aynan shu koʻrgazma qurilish mavsumi uchun yangi yoʻnalish va tendensiyalarni belgilab beradi, kompaniyalar oʻrtasida hamkorlik aloqalarining oʻrnatilishiga xizmat qiladi. Xorijiy sarmoyadorlarning mamlakatimizga qiziqishi uygʻonishi va ortishida muhim rol oʻynaydi.

“UzBuild 2019” xalqaro koʻrgazmasi Butunjahon Koʻrgazma sanoati Uyushmasi – UFI (The Global Association of the Exhibition Industry) tomonidan tasdiqlangan va yirik koʻrgazmalar jadvaliga kiritilgan.

Hozirgi kunga qadar ArselorMittal Temirtau, Artplast, Alsys, Assan Panel, Artifex De Color, Binokor Temir-Beton Servis, Bektemir Metal Konstruksiyalari, Dal Teknik, Discover Invest, Decolor, Ekopen, Elkon, EVG - Entwicklungs - U.Verwertungs, Gamma Meccanica, Golden House, F.H.L. I. Kiriakidis Marbles-Granites Group, Hafele GmbH & Co KG, Imzo, Imteco Engineering, Kalekim, Mapei, Mironkul Stroy Servis, Murad Buildings, Nae Woi Korea., Neolit, Nimex building Solutions, Oikos, Pedershaab Concrete Technologies, Putzmeister, Real House, Sam-Ferre, Sobsan, TenCate Geosynthetics Austria GmbH, Tixe, Konsern Bakarassov, Polimermetall-T, Polisan, Stroykamen kabi yirik va nufuzli kompaniyalar “UzBuild 2019” xalqaro koʻrgazmasidagi ishtirokini tasdiqladi.

Iteca Exhibitions Xalqaro koʻrgazmalar kompaniyasi tomonidan tashkil etilayotgan “UzBuild 2019” yubiley koʻrgazmasi Toshkentdagi “Oʻzekspomarkaz” MKM pavilonlarida oʻtkaziladi.

Koʻrgazmada ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishingiz mumkin: http://bit.ly/reg-on

Rasmiy sayt: www.uzbuild.uz

Telefon: +998 71 2051818

Поделиться