O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Hindiston – Markaziy Osiyo“ muloqoti Afgʻoniston ishtirokida

2019-01-12

2019-yilning 12-13-yanvar kunlari Samarqand shahrida “Hindiston – Markaziy Osiyo“ muloqoti tashqi ishlar vazirlarining Afgʻoniston ishtirokida ilk uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

Unda Hindiston Tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj, Qirgʻiziston Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Tojikiston Tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin, Turkmaniston Tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov, Qozogʻiston Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Muxtor Tleuberdi, shuningdek, Afgʻoniston Tashqi ishlar vaziri Salohuddin Rabboniy ishtirok etadi.

Uchrashuvda oʻzaro savdo hajmini oshirishga koʻmaklashish, transport va logistikani rivojlantirish, sanoat, energetika, axborot texnologiyalari, tibbiyot, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligining muhim tarmoqlariga investitsiyalar, innovatsiya va texnologiyalar jalb qilish boʻyicha hamkorlikning istiqbolli yoʻnalishlari, shuningdek, madaniyat, ilm-fan, taʼlim va turizm sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilinadi.

Vazirlarning birinchi uchrashuvi yakunlari boʻyicha Qoʻshma bayonot qabul qilinishi koʻzda tutilgan.

Поделиться