O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston parlament delegatsiyasining MDH Parlamentlararo Assambleyasining 48-majlisi ishida ishtiroki

2018-11-29

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi (PA) Kengashining taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi mamlakatimiz parlament delegatsiyasi 2018 yil 29-30 noyabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida (Rossiya) bo‘lib o‘tadigan MDH PA 48-majlisi ishida ishtirok etadi.

MDH PA xalqaro tashkilot bo‘lib, uning asosiy vazifasi MDH ishtirokchi davlatlarining qonun hujjatlarini yaqinlashtirishga qaratilgan model qonunlar ishlab chiqish va qabul qilishdan iboratdir.

O‘zbekiston avval ham mazkur tashkilot tadbirlarida ishtirok etgan. MDH PAning navbatdagi majlisida shaxsiy ma’lumotlar, turizm, axborotga oid rivojlanish, ta’lim sifatini oshirish kabi masalalar yuzasidan qator model hujjatlar loyihalari ko‘rib chiqilishi nazarda tutilgan.

Поделиться