O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Niderlandiyada Oʻzbekiston agrar sektori salohiyatiga bagʻishlangan seminar

2018-12-11

2018-yilning 11-dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasining Benilyuks davlatlaridagi Elchixonasida Niderlandiya Qishloq xoʻjaligi, tabiatni asrash va oziq-ovqat sifati vazirligi bilan birgalikda Almer shahrida mamlakatimizning agrar oziq-ovqat sektori imkoniyatlariga bagʻishlangan seminar tashkil etiladi.

Seminar maqsadi agrar oziq-ovqat sektorida ishlayotgan ishtirokchilarga Oʻzbekistondagi voqealar va imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼlumot berish. Bundan tashqari Qishloq xoʻjaligi, tabiatni asrash va oziq-ovqat sifati vazirligi rejalari, Gollandiya qishloq xojaligi savdo missiyasini 2019-yil martda Toshkent shahriga joʻnatish va Oʻzbekiston poytaxtidagi eng muhim qishloq xoʻjaligi koʻrgazmasida Gollandiya pavilonini 2019-yil iyunda tashkil etish toʻgʻrisida seminar ishtirokchilari xabardor qilinadi.

Seminar dasturi bilan tanishish uchun shu lavhani bosing.

Roʻyxatdan oʻtish bepul.

Oʻzbekistonga doir mazkur agro oziq-ovqat seminarida qatnashish uchun pem@phaff.com elektron manziliga oʻz ismingiz va kompaniya nomini koʻrsatib xat joʻnatishingizni soʻraymiz. Agar sizda qandaydir savollar boʻlsa Niderlandiyaning “Phaff Export Marketing” firmasi bilan yoki Niderlandiyaning Moskva shahridagi Elchixonasining qishloq xoʻjaligi masalalari boʻyicha maslahatchisi bilan mos-lnv@minbuza.nl elektron manzili yoki +7 (495) 7972917 telefon raqami orqali bogʻlanishingiz mumkin.

Oʻzbekiston Elchixonasining ishonishicha, mazkur seminarda ishtirok etish nafaqat qishloq xoʻjaligi, tashqi savdo vazirliklari, mamlakatimiz mintaqalari rahbarlari, qolaversa agrobiznes vakillariga ham foydali boʻladi.

Seminar jahonda goʻsht-sut mahsulotlarini yetishtirishda lokomotiv hisoblanadigan Niderlandiyaning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan aloqa oʻrnatish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotini chiqarish uchun moʻljallangan xom ashyoni qayta ishlashda qoʻllanayotgan innovatsion texnologiyalar bilan tanishish imkonini beradi.

Oʻzbekistonning Bryusseldagi Elchixonasi masʼul xodimi: Baxtiyor Toʻrayev, telefon +32-484-48-32-72, eumission@uzbekistan.be va belg@uzbekistan.be elektron manzillari.

Поделиться