O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Italiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosarining Oʻzbekistonga tashrifi
2018-11-14
2018-yilning 14-noyabr kuni Toshkent shahriga Italiya Respublikasi tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri oʻrinbosari Manlio Di Stefano boshchiligidagi delegatsiya keladi.
Tashrif dasturidan tashqi ishlar, tashqi savdo vazirliklari, investitsiya, turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitalarida uchrashuv va muzokaralar oʻtkazish oʻrin olgan.
Italiya delegatsiyasi vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundida ham ishtirok etadi.