O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Open Data Challenge milliy tanlovi

2018-11-30

Joriy yilning 30-noyabridan 2-dekabriga qadar poytaxtimizda Open Data Challenge-2018 (Xakaton) — ochiq maʼlumotlardan foydalangan holda ilovalar ishlab chiqish boʻyicha anʼanaviy tanlov boʻlib oʻtadi.

Tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi va qoʻllab-quvvatlashi ostida ”Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi, Toshkent shahridagi Inha universiteti, YXHTning Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturining Oʻzbekistondagi vakilligi, Jahon bankining Toshkentdagi vakilligi tomonidan tashkil qilinmoqda.

Tanlov hamkorlari – ”UZINFOCOM” MCHJ Yagona integratori, ”Xabar” gazetasi va “ICT News” hamda ”InfoCOM.UZ” jurnallari .

Open Data Challenge tanlovida ishtirokchilar ochiq maʼlumotlardan foydalanib, aniq belgilab berilgan muddat ichida abstrakt gʻoyalarni yangi veb yoki mobil xizmatlarning tajriba namunalariga yoki alfa-koʻrinishlariga keltirishadi.

Uch kun davomida Open Data Challenge-2018 ishtirokchilari jamiyatning barcha jabhalari – moliya, transport, taʼlim, axborot texnologiyalari, sogʻliqni saqlash, ekologiya va boshqa yoʻnalishlarda foydali boʻlgan yangi loyihalarni taqdim etadilar.

Open Data Challenge-2018 tanlovida ishtirok etish bepul. Faqatgina qatnashchilar roʻyxatdan oʻtishi talab etiladi. Tashkilotchilar ishtirokchilarni internet bilan taʼminlab, ishlash uchun qulay sharoit yaratib berishadi.

Xakaton natijalari boʻyicha quyidagi nominatsiyalarda gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.

1.“Aqlli shahar” uchun ochiq maʼlumotlarga asoslangan eng yaxshi loyiha (mobil yoki veb-ilova);

2.Ochiq maʼlumotlarga asoslangan eng yaxshi biznes loyiha (mobil yoki veb-ilova);

3.Ochiq maʼlumotlarni generatsiyalash (transformatsiyalash) boʻyicha eng yaxshi loyiha (mobil yoki veb-ilova).

Shunday qilib, mobil va veb-ilovalar tadbirning moddiy mahsuli boʻladi. Loyihalarni ishlab chiqishdan tashqari, Xakaton doirasida dasturchilar uchun ochiq maʼlumotlar bilan ishlashga oid treninglar boʻlib oʻtadi.

Xakaton natijalariga koʻra birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinni olgan ishtirokchilar qimmatbaho sovrinlar bilan taqdirlanadi.

Bu yilgi tanlovda Gran-pri ham koʻzda tutilgan – eng yaxshi deb topilgan jamoa Madrid shahridagi (Ispaniya) Xalqaro konferensiyaga yoʻllanma oladi. Gran-pri sohibi Ekspert hakamlar tomonidan uch yoʻnalishda birinchi oʻrinni olganlar orasidan tanlab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun quyidagi havola boʻyicha roʻyxatdan oʻtish lozim: https://data.gov.uz/ru/challenge/register.

Shuningdek, Facebook tarmogʻidagi https://www.facebook.com/OpenDataChallenge/ sahifasida ham kerakli maʼlumotlar taqdim etilgan.

Tadbir oʻtkaziladigan sanalar:

Roʻyxatga olish – 25-noyabrgacha.

Open Data Challenge 2018 treninglar va konferensiya kuni – 30-noyabr.

Open Data Challenge 2018 Xakaton kunlari – 1-2-dekabr.

Taqdimotlar va gʻoliblarni aniqlash – 2-dekabr.

Gʻoliblarni taqdirlash marosimi – 7-dekabr.

Oʻtkazilish joyi: Toshkentdagi Inha universiteti (Mirzo Ulugʻbek tumani, Ziyolilar koʻchasi, 9)

Поделиться