O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda ilk bor Naqshbandiya turistik festivali

2018-11-07

Mamlakatimizning Malayziyadagi Elchixonasi koʻmagida 2018-yilning 7-12-noyabr kunlari Oʻzbekistonda “Naqshbandiya turistik festivali” boʻlib oʻtadi. Tadbir Malayziyaning “World Sufi Center” Jahon sufiylar markazi tomonidan tashkillashtirilmoqda.

Shakl va miqyosi boʻyicha shu kunga qadar oʻxshashi boʻlmagan festivaldan koʻzlangan asosiy maqsad buyuk oʻzbek mutafakkirlarining Islom va dunyo tamadduni taraqqiy topishiga qoʻshgan xizmatlari uchun hurmat bajo keltirish, shuningdek muqaddas qadamjolarga tashrif buyurish, diniy marosimlarda ishtirok etish va Oʻzbekistonning boshqa “Ziyorat-turizm” obyektlari bilan tanishish hisoblanadi.

Jahon sufiylari markazi tadbir toʻgʻrisida tarqatma risolalarni va reklama roligini tayyorladi, shuningdek Oʻzbekistondagi sayyohlik kompaniyasi bilan birgalikda Malayziya va boshqa davlatlarning sayyohlik bozorida sotish uchun turistik paketlarni ishlab chiqdi.

Tadbirda butun dunyodan, xususan Malayziya, Indoneziya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliya, AQSH, Janubiy Afrika Respublikasi va boshqa davlatlardan Naqshbandiya sufiylik tariqatining 150 dan ortiq namoyondasi, shu jumladan 10 dan ortiq mashhur ulamolarning ishtirok etishi kutilmoqda.

Поделиться