O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Oʻzbekistonda elektron tijoratga bagʻishlangan yirik anjuman

2018-11-06

Joriy yilning 6-7-noyabr kunlari Windham Tashkent mehmonxonasida moliya sohasidagi eng yirik tadbir – E-Commerce Day 2018 boʻlib oʻtadi.

Bu elektron tijorat mavzusiga bagʻishlangan dastlabki eng yirik anjumanlardan biridir.

E-Commerce Day anjumanida ekspertlar yurtimizda moliya va bank sohalarining, xususan, internet-tijoratning hozirgi holatini tahlil etishadi va jahonda uni rivojlantirish borasidagi tajribalar bilan oʻrtoqlashiladi. Shuningdek, moliya infratuzilmasini yanada rivojlantirish boʻyicha fikr almashishadi.

Anjumanda A. Ivanov (Rossiya va boshqa mamlakatlardagi masofaviy savdo milliy assotsiatsiyasi prezidenti), L.Zondberg (Rossiyaning eng katta ekspress-yetkazib beruvchisi va logistika operatori — DPD tijorat direktori), D.Grigoriyev (Wunder Digital Agencyning rivojlantirish boʻyicha direktori) va boshqa mashhur mutaxassislar ishtirok etishadi.

Tadbir qatnashchilari elektron tijorat boʻyicha foydali tajribaga ega boʻlishlari, internet orqali savdo qilishni oʻrganishlari va, eng muhimi, biznes uchun kerakli hamda muhim aloqalarni oʻrnatishga erishishlari mumkin.

Shuningdek, anjumanda internet-savdo provayderlari (kuryerlik xizmatlari, buxgalteriya, moliyaviy xizmatlar), chakana va elektron savdo hamda xizmatlar (doʻkonlar, internet-doʻkonlar), AT va innovatsiyalar sohalarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar (injiniring, ishlab chiqish va dasturiy taʼminot) ham qatnashishadi.

Tadbir Oʻzbekiston Elektron savdo palatasi tomonidan tashkil etilmoqda. “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tadbirning hamkori hisoblanadi.

Поделиться