O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

MDH hukumat boshliqlari Ostonada uchrashadi

2018-11-02

2-noyabr kuni Qozogʻistonning Ostona shahrida MDH mamlakatlari hukumat boshliqlari kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtadi.

MDH hukumat boshliqlari tor doiradagi yigʻilishda iqtisodiy hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashishadi, shuningdek, kengashning navbatdagi yigʻilishi oʻtkaziladigan joy belgilanadi.

Hamdoʻstlik mamlakatlarining hukumat boshliqlari kengaytirilgan majlisda turli sohalardagi hamkorlikka oid 13 ta masalani koʻrib chiqadi.

Xususan, MDH ga aʼzo davlatlarning yadro yoki radiatsiya halokatiga tayyorgarlik koʻrishi va bu falokatlar oqibatini bartaraf etishda oʻzaro yordam koʻrsatish boʻyicha birgalikdagi kelishuvi ham muhokama etiladi.

Hujjat atom energiyasidan foydalaniladigan obyektlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha aktlarni toʻldirishni koʻzda tutadi. Bu obyektlarning bir nechtasi MDH mamlakatlari chegaralarida joylashgan boʻlib, radioaktiv materiallar (jumladan, yadroviy yoqilgʻilar) muntazam ravishda uzatiladi.

Shartnoma loyihasiga koʻra, har bir ishtirokchi tomonda vakolatli organ belgilanadi. Bundan maqsad, qiyin vaziyatlarda birgalikdagi harakatning samaradorligini, tezkorligini oshirishdan iborat.

Shuningdek, yigʻilish ishtirokchilarining “Uran qazib olish sanoati taʼsir koʻrsatadigan hududlar melioratsiyasini yaxshilash” dasturiga bir qator oʻzgartishlar kiritishi ham kutilmoqda. Dastur Qirgʻiziston Respublikasidagi beshta va Tojikiston Respublikasidagi bitta radiatsiyadan ifloslangan obyektni qayta tiklashga moʻljallangan. Mazkur obyektlar nafaqat mahalliy aholi sogʻligʻi uchun zarar yetkazadi, balki Markaziy Osiyo mintaqasida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan texnogen falokat xavf manbai ham sanaladi, chunki radioaktiv zonalarda favqulodda holat yuzaga kelganida, ifloslangan zonalardan qoʻshni mamlakatlar ham jiddiy zarar koʻrishi mumkin.

MDH mamlakatlari hukumat boshliqlari yigʻilishida, shuningdek, hamdoʻstlik mamlakatlari bilan soliq maʼmuriyatini amalga oshirish uchun davlatlararo elektron axborot almashish haqida Protokol imzolanishi ham kutilmoqda.

Hukumat boshliqlari, shuningdek, 2020-yilgacha boʻlgan davrda MDH ga aʼzo mamlakatlarning Davlatlararo innovatsion dasturi doirasidagi davlatlararo tadbirlar va innovatsion loyihalar natijasida yaratilgan intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquq tartibini tasdiqlaydi.

Shuningdek, yigʻilishda MDH ga aʼzo mamlakatlarning 2019-2020-yillar uchun gumanitar sohadagi tadbirlari rejasi ham tasdiqlanadi.

Xabarda keltirilishicha, bu tadbirlar kelgusi ikki yilda MDH ga aʼzo mamlakatlarning gumanitar sohadagi hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan toʻqqizta boʻlimdan iborat. Reja loyihasiga koʻra, bu davrda 140 dan ortiq tadbir oʻtkaziladi. Ularning yarmidan koʻpi madaniy tadbirlar va 1941-1945 yillardagi Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalabaning 75 yilligi doirasidagi tadbirlar sanaladi.

Bundan tashqari, yigʻilishda 1997-yil 17-yanvardagi Aloqa vositalari tizimini rivojlantirish va undan foydalanish boʻyicha kelishuvga oʻzgartirish kiritish ham rejalashtirilmoqda.

Поделиться