O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Toshkentda MDHga aʼzo davlatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishi

2018-10-10

Joriy yilning 10—12-oktabr kunlari Toshkent shaharida MDHga aʼzo davlatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda.

Taʼkidlash joizki, ushbu yigʻilish oʻtkaziladigan davlatlarning geografik joylashuvi va ishtirokchilar tarkibi yildan-yilga kengayib bormoqda.

Eslatib oʻtamiz, aprel oyida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo mamlakatlarning Mudofaa vazirlari kengashi huzuridagi Havo hujumidan mudofaa masalalari boʻyicha muvofiqlashtiruvchi qoʻmitaning 48-majlisi boʻlib oʻtgan edi.

Mudofaa vazirlari kengashi doirasidagi oʻzaro hamkorlik mintaqada mudofaa va xavfsizlikni taʼminlashning dolzarb muammolariga javob berishga imkon beradi. Kengash MDHning milliy va jamoaviy manfaatlariga qoʻshilish imkonini beradigan noyob platforma vazifasini oʻtaydi.

Navbatdagi yigʻilish “Oʻzbekiston” xalqaro forumlar saroyida oʻtkaziladi.

Поделиться