O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasining ShHT HRKda ishtiroki

2018-10-11

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari (Bosh vazirlari) kengashining (ShHT HRK) navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Tadbir 11-12-oktabr kunlari Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadi.

Majlisning kun tartibidan savdo-iqtisodiy va gumanitar aloqalarning hozirgi holati va istiqbollari, ularni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar, Ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy hamkorlik dasturini amalga oshirishning borishi, ShHT doirasidagi loyihalash faoliyatini moliyaviy ta’minlash mexanizmlari to‘g‘risida fikr almashish o‘rin olgan.

Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy va O‘zbekiston hukumat rahbarlari shuningdek ShHT Ishbilarmonlar kengashi hamda Banklararo birlashmasi faoliyatini, tashkilotning 2019-yil uchun budjetini, ShHT HRK keyingi majlisi muddati va joyini muhokama qiladilar, mazkur masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qiladilar.

Поделиться