O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro maqom san’ati anjumani

2018-09-06

Anjuman O‘zbek milliy maqom san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, uni asrab avaylash va rivojlantirish, yosh avlod qalbida milliy mumtoz san’atimizga bo‘lgan hurmat va e’tibor tuyg‘ularini kamol toptirish, turli xalqlar o‘rtasida do‘stlik birodarlik rishtalarini mustahkamlash, ijodiy hamkorlik, madaniy-ma’naviy munosabatlar doirasini xalqaro miqyosda kengaytirish maqsadida tashkil etilgan.

Anjuman 2018 yildan boshlab xar ikki yilda bir marta Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tashkillashtiriladi.

Anjuman Shahrisabz shaxrida 2018 yil 6-10 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Anjuman tadbirlari

  • “Maqom musiqa san’ati va uning jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya (keyingi o‘rinlarda ilmiy-amaliy konferensiya deb ataladi);
  • Maqom ansambllari, xonanda va sozandalarning ko‘rik-tanlovi;
  • Shahrisabz shahridagi bog‘, teatr va boshqa konsert sahnalarida chiqishlar;

Xalqaro maqom san’ati anjumaniga musiqiy jamoalar (7 kishidan oshmagan tarkibda), yakkaxon xonanda va sozandalar, musiqashunos olimlar, matbuot xodimlari, Festival direktorlari, musiqa menejerlari taklif etiladilar.

Shuningdek maqom san’ati ijodkorlari, xorijiy davlatlardan taniqli musiqashunos olimlar, san’atkorlar, ijodiy jamoalar, mutaxassislar va faxriy mehmonlar Tashkilotchilar taklifi asosida ishtirok etishlari mumkin.

Anjumanda ishtirok etish istagida bo‘lganlar 2018-yil 1-iyulga qadar Tashkiliy qo‘mita veb sahifasidagi – www.maqomforum.uz – maxsus so‘rovnoma orqali o‘z materiallari va ijro dasturlarini tashkiliy qo‘mitaga taqdim etishlari lozim.

Tashkiliy qo‘mita Anjumanga taklif etiladigan ishtirokchilar ro‘yxatini 20-iyulga qadar e’lon qiladi.

Anjuman ishtirokchilarining O‘zbekistonga kelib-ketishlari, O‘zbekistondagi transport, ovqatlanish, yashash kabi xarajatlarni tashkiliy qo‘mita o‘z zimmasiga oladi.

Xalqaro hay’at faoliyatini tashkil etish

Ko‘rik-tanlov ishtirokchilarining chiqishlarini baholash uchun Tashkiliy qo‘mita tomonidan yetti kishidan iborat xalqaro hay’at tuziladi.

Baholash jarayonida:

maqom namunalarining asl milliy xususiyatlari;

badiiy va estetik ma’no mazmuni;

ijrochilarning ijro mahorati, milliy kiyinish va sahna madaniyati asosiy mezon hisoblanadi.

Anjuman mukofotlari

Anjuman doirasida o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlov g‘oliblari uchun Tashkiliy qo‘mita tomonidan diplom, statuetka va quyidagi miqdorda pul mukofotlari ta’sis etilgan:

“Gran-Pri”- 15 000 AQSH dollari;

1-o‘rin – 2ta, har biri – 10 000 AQSH dollardan;

2-o‘rin – 2ta, har biri – 7 000 AQSH dollardan;

3-o‘rin – 2ta, har biri – 5 000 AQSH dollardan;

Shuningdek Anjuman doirasida faol ijrochilarni qo‘llab–quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida “Professional maqom xonandasi”, “Professional maqom sozandasi”, “Professional maqom ustozi”, “Professional maqom targ‘ibotchisi”, “Professional yosh maqomchi”, “Professional maqom bastakori” kabi nominatsiyalar bo‘yicha ishtirokchilar rag‘batlantiruvchi sovg‘a va mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Tashkilotchi huquqlari

Anjuman qatnashchilarining ijrolarini efirga uzatish hamda boshqa tashkilotlarga translyatsiya qilish uchun ruxsatnoma berish;

Anjumanni o‘tkazish va uning yakuni davomida tayyorlangan barcha turdagi audio, video, bosma va boshqa turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish va tarqatish;

e-mail: info@maqomforum.uz

Поделиться