O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi delegatsiyasi Tojikiston Respublikasiga tashrifi

2018-08-14

2018 yilning 14-15 avgust kunlari O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari A.Qo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya Tojikiston Respublikasi hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlar va Fuqaro mudofaasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda Hay’at kengashida ishtirok etish uchun Tojikiston Respublikasiga tashrif buyuradi.

Ma’lumki, joriy yilning 9 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Tojikiston Respublikasiga tashrifi doirasida tomonlar o‘rtasida Favqulodda vaziyatlarni oldini olish hamda oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolangan.

Mazkur tashrif doirasida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilinadi. Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi, ikki mamlakatning gidrometeorologik xizmatlari vakillari bilan “Yuqori tog‘li hududlardagi ko‘llarning holatini o‘rganish, ularning yorib chiqib ketishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar” mavzusida hamkorlikda davra suhbati o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Поделиться