O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro investitsion forum

2018-08-29

2018-yilning 29-30-avgust kunlari Jizzax viloyatida Xalqaro investitsion forum o‘tkaziladi. Tadbir qatnashchilarida hudud ishlab chiqaruvchilarining mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan ham tanishish imkoniyati bo‘ladi.

Yalpi va panel sessiyalar davomida qishloq xo‘jaligi, sanoat, turizm, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohalardagi viloyatning salohiyatini rivojlantirish istiqbollarini hamda uning investitsion imkoniyatlarini muhokama qilish kutilmoqda.

Bo‘lajak forumga investorlar, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan chet el mamlakatlari diplomatik missiyalarining rahbarlari, milliy va xorijiy jurnalistlar taklif qilingan.

Tashkiliy qo‘mita bergan ma’lumotga ko‘ra mehmonlar va Xalqaro investitsion forum qatnashchilari ikki kun davomida kooperatsion birja ishida ishtirok etishlari, Jizzax viloyatida joylashgan korxonalarning faoliyati bilan tanishishlari va hududdagi ko‘plab diqqatga sazovor joylarga tashrif buyurishlari mumkin.

Поделиться