O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Xalqaro konferensiya

2018-08-07

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti bilan hamkorlikda 2018 yilning 7-8 avgust kunlari  “O‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotini xalqaro miqyosda o‘rganish va targ‘ib qilishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Konferensiyaning izlanish doirasi: O‘zbek adabiyoti ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lib, insoniyat sivilizatsiyasi rivojida alohida o‘rin tutib kelgan. O‘zbek adabiyoti asrlar davomida milliy qadriyatlar asosida takomillashgan, bugungi kunda esa jahondagi ilg‘or tendensiyalarni ham o‘zlashtirib, shu asosda zamonaviy, ilg‘or qarashlarni va asriy an'analarni birlashtirgan noyob hodisaga aylangan. Shuning uchun ham jahon olimlarining o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyotiga qiziqishi katta. O‘zbek tili va adabiyoti dunyoning ko‘plab universitetlarida mutaxassislik fani sifatida o‘qitiladi. Hozirgi kunda jahondagi o‘nlab universitetlarda o‘zbek tili va adabiyoti ta'lim yo‘nalishining mavjudligi, jahon ta'lim tizimidagi magistratura va doktorantura bosqichlarida ko‘plab ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilayotgani buning dalilidir.

Mazkur xalqaro konferensiya o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyot namunalarining xorijiy tillarga tarjima qilayotgan chet ellik tarjimonlar, mumtoz va zamonaviy o‘zbek adabiyoti mavzusida ilmiy izlanish olib borayotgan xorijlik mutaxassislar bilan yaqindan muloqotni yo‘lga qo‘yish, o‘zbek adabiyoti tarixi, buguni va istiqboliga doir fikr va mulohazalarni to‘plash, jahon olimlarini mamlakatimizda mumtoz va zamonaviy adabiyotni o‘rganishda erishilayotgan yutuqlar, zamonaviy milliy adabiyotda yaratilayotgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirishga qaratilgan.

Поделиться