O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

YXHT delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi

2018-06-11

2018-yilning 11-iyun kuni Toshkentga Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Tomas Greminger boshchiligidagi delegatsiya keladi.

YXHT delegatsiyasi “Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishida ishtirok etishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, tashrif dasturidan Oliy Majlis Senati, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar institutida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan.

Поделиться