O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Kitob bayrami

2018-05-24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 13-sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi PQ-3271-son qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan 2018-yil 24-25 may kunlari “Kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish buyuk maqsadlarimizga erishishning muhim kafolatidir” shiori ostida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlari hamda Toshkent shahrida Respublika “Kitob bayrami” tadbirlari o‘tkaziladi. 

Kitob bayramidan ko‘zlangan asosiy maqsad – bu kitobning jamiyatimiz ma’naviy-ma’rifiy hayotidagi o‘rnini yanada oshirish, buyuk ajdodlarimizning yorqin xotirasini, zamonamiz qahramonlari timsolini haqqoniy va xalqchil aks ettiruvchi adabiyotlar salmog‘ini oshirishda adib va noshirlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodni intellektual rivojlangan, jismonan sog‘lom va ma’nan barkamol qilib voyaga yetkazishda kitobning o‘rni va ahamiyatini yanada yuksaltirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishdir.

Ikki kun davomida bo‘lib o‘tadigan tadbir doirasida: 

Poytaxtimizning markazi – Sayilgoh ko‘chasida, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar markazlarida respublika nashriyotlari tomonidan kitob mahsulotlari ko‘rgazmalari tashkil etiladi; 

“Namunali kitob do‘koni” tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi, turli xil so‘rovnoma va aksiyalar o‘tkaziladi; 

Kitob bayrami kunlarida, shuningdek, mushoiralar, adabiy uchrashuvlar, shaxmat va shashka musobaqalari ham tashkil qilinadi; 

Taniqli san’atkorlar va yosh iste’dod sohiblari, shuningdek, Respublika yosh tomoshabinlar teatri va Respublika qo‘g‘irchoq teatrining hamda turli bolalar san’at guruhlarining “Kitobsevarlarni qutlaymiz!” nomli chiqishlari uyushtiriladi; 

“Eng yaxshi kitobxon oila”, “Eng yaxshi kitobxon”, “Yosh kitobxon” kabi sovrinli viktorinalar va “Kitob o‘qishni yoqtirasizmi?” mavzuida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkaziladi; 

Kitob bayrami qatnashchilari hisoblangan nashriyotlar, ijodiy uylar va matbaa korxonalari o‘rtasida “Eng faol ishtirokchi” hamda “Eng yaxshi stend” nominatsiyalarida tanlov o‘tkaziladi va g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanadi. 

Siz ikki kun davomida “Kitob bayrami”da bevosita ishtirok etishingiz, noshirlarimiz tomonidan chop etilgan yangi kitoblar bilan tanishishingiz, o‘zingiz va farzandlaringiz uchun turli kitoblarni xarid qilishingiz mumkin. 

Barcha kitobsevarlarni Respublika “Kitob bayrami”ga taklif etamiz! 

 

Tashkiliy qo‘mita

Поделиться