O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2018” xalqaro ko‘rgazmasi

2018-05-16

Joriy yilning 16-18 may kunlari “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuida an’anaviy “O‘zbekiston neft va gazi – OGU 2018” xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Unda O‘zbekiston, Yaponiya, Xitoy, AQSH, Janubiy Koreya, Singapur, Fransiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Avstriya, Shveysariya, Rossiya, Turkiya, Eron, Ozarbayjon, Armaniston, Qozog‘istonkabi davlatlar kompaniyalari o‘z mahsulotlari va xizmatlari bilan ishtirok etadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi shafeligi hamda “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va “Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi hamkorligida tashkil etilayotgan ushbu xalqaro tadbir yurtimiz neft-gaz sanoati salohiyatini namoyish etish orqali soha ravnaqiga puxta zamin yaratadi. Shu bilan birga, ishtirokchilar neft va gaz qazib olish, uglevodorodlarni tashish, qayta ishlash borasida erishilgan muvaffaqiyatlar bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo‘ladi. 

Ko‘rgazma doirasida xalqaro konferensiya, yosh olimlar sessiyasi,“Yoshlar kuni” kabi bir qator tadbirlar o‘tkazilishi kutilmoqda. 

 

 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA.

Поделиться