O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Qozog‘iston delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi
2018-05-03
2018-yilning 3-may kuni Toshkent shahriga Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston-Qozog‘iston ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning hamraisi Askar Mamin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.
QOZOG‘ISTON DELEGATSIYASINING O‘ZBEKISTONGA BO‘LAJAK TASHRIFI TO‘G‘RISIDA
2018-yilning 3-may kuni Toshkent shahriga Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston-Qozog‘iston ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning hamraisi Askar Mamin boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi.
Qozog‘iston delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.
Tashrif dasturiga ko‘ra Qozog‘iston delegatsiyasi O‘zbekiston hukumatida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazadi hamda bir qator ishlab chiqarish korxonalariga tashrif buyuradi.
Tashrif arafasida o‘zaro savdo ayriboshlashni o‘shirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish bo‘yicha Qozog‘iston ishchi guruhi Toshkent shahriga keldi.