O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Janubiy Koreya delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi to‘g‘risida
2018-05-02
2018-yilning 2-may kuni Koreya Respublikasining Shimol bilan iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qo‘mitasi raisi Song Young-gil boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Janubiy Koreya delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinishi kutilmoqda.
Tashrif dasturidan Tashqi ishlar vazirligida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar institutida uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazish o‘rin olgan bo‘lib, ularda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.