O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Jahon matbuot erkinligi kuni 2018
2018-04-28
Joriy yilning 28 aprel- 3 may kunlari UNESCOning O’zbekistoindagi Vakolatxonasi BMT agentliklari, Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy Assotsiatsiyasi va boshqa media tashkilotlari bilan hamkorlikda Jahon matbuot erkinligi kuniga bag'ishlangan bir qator tadbirlar tashkil etadi.
3 may – butun dunyo jurnalistlari uchun muhim sanadir. Ushbu kunda ommaviy axborot vositalari xalqaro hamjamiyati Jahon matbuot erkinligi kunini (JMEK) nishonlaydi. Ushbu kunning kelib chiqishi, 1993 yilga, UNESCO Bosh konferensiyasining 1991 yilgi yigirma oltinchi sessiyasida qabul qilingan tavsiyalar inobatga olinib, BMT Bosh Assambleyasi mazkur sanani bayram ta’riqasida nishonlashni tasdiqlagan paytga taqaladi. Ushbu tadbir orqali ommavi axborot vositalari muhim ahamiyatga ega ekanligi va ularning bugungi dunyoda tutgan o'rni, shuningdek, ommaviy axborot vositalaridagi ko’povozlilik va ularning erkin faoliyati ahamiyatiga keng jamoatchilik e’tibori qaratiladi. .
2018 yilgi JMEK mavzusi- «Ommaviy axborot vositalari, adolat va qonun ustuvorligi muvozanat vositasi sifatida». Ushbu mavzu turli ishtirokchilarga 2030 yilgacha bo'lgan barqaror rivojlanish kun tartibi (BRM) doirasida ommaviy axborot vositalari, sud tizimi va huquq ustuvorigi o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni muhokama qilish imkoniyatini beradi. Bu yil JMEK ommaviy axborot vositalari va siyosiy jarayonning ochiq-oydinligi, sud tizimining mustaqilligi va media savodxonligi, davlat muassasalarining jamoatchilik oldidagi javobgarligi kabi masalalar bo'yicha muhokamalarni qo'llab-quvvatlaydi. Ta'kidlash joizki, bu yilgi JMEK mavzusi O'zbekiston hukumati tomonidan davlat organlari va keng jamoatchilik o'rtasidagi muloqotni rivojlantirishda va ushbu muloqot imkoniyatlarini ta'minlash uchun, shuningdek, jurnalistik faoliyatni himoya qilish uchun tegishli platformalar yaratishda olib borilayotgan so'nggi islohotlar bilan hamohangdir.
UNESCOning O’zbekistondagi vakili, janob Badarch Dendev ta’kidlaganidek, O’zbekistondagi hukumat va aholi o'rtasida muloqotni rivojlantirishni rag'batlantirayo’tgan so'nggi islohotlarga ko’ra ommaviy axborot vositalarining roli muhim ahamamiyatga ega bo’lyapti. JMEK nishonlanishi ushbu ahamiyatni urg’ulashga yordam beradi, hamda O'zbekistondagi demokratik jarayonlarning yanada jadal suratlarda amalga oshirilishiga ko’mak beradi..
An’anaga ko’ra , bu yil UNESCOning O’zbekistondagi Vakolathonasi tomonidan hamkorlar (BMT Taraqqiyot dasturi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (EOAVMA), Milliy teleradiokompaniya (MTRK), Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi va boshqa tashkilotlar) bilan birgalikda bir qator tadbirlar rejalashtirilgan. Jumladan,
* "BTMni ommaviy axborot vositalarida yoritish" bo’yicha treningi (BMT TD bilan birgalikda)
* Axborot kanrida bo’lmagan ko’rsatuvlar tayyorlash
* "BTM kun tartibida ommaviy axborot vositalarining hissasi" mavzusida turkum maqolalar nashri (Jurnalistlarni qayta tayyorlas markazi bilan hamkorlikda)
* "Bozor munosabatlari, axborot sohasida raqobat rivojlangan sharoitda matbuot erkinligi kafolatlarini mustahkamlash: O'zbekiston tajribasi" mavzusida xalqaro davra suhbati (EOAVMA)
* "Oltin Qalam" jurnalistlar milliy tanlovi. Ushbu tanlov doirasida UNESCO ommaviy axborot vositalarida inson huquqlarini samarali yoritgan jurnalist nominatsiyasi g’olibini e’lon qiladi (Nominatsiya Inson huquqlari bo'yicha BMT Deklaratsiyasining 70 yilligiga bag'ishlangan)
3 may hukumatlarga matbuot huquqlarini va erkinliklarini himoya qilish bo’yicha o’z zimmalariga olgan majburiyatlarini hurmat qilish uchun eslatma sifatida hizmat qiladi, hamda ommaviy axborot vositalari mutaxassislari tomonidan matbuot erkinligi va kasbiy etika kabi masalalarni chuqur anglash kuni hisoblanadi.