O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
O‘zbekiston delegatsiyasining Xitoyga tashrifi
2018-04-23
2018-yilning 23-25-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov rahbarligidagi delegatsiya Xitoy Xalq Respublikasiga tashrif buyuradi.
O‘zbekiston delegatsiyasi 2018-yilning 23-24-aprel kunlari Pekin shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
Hindiston Respublikasi, Pokiston Islom Respublikasi, Qirg‘iziston Respublikasi, Qozog‘iston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Tojikiston Respublikasi, Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi TIV rahbarlari Tsindao shahrida (XXR) Xitoy raisligida bo‘lajak ShHT Sammitiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qiladilar.
Tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi tomonidan Pekin shahrida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan.