O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi

2018-04-24

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan hamkor tashkilotlar ishtirokida shu yilning 24-26 aprel kunlari poytaxtimizda “Harakatlar strategiyasi va kuchli ijtimoiy siyosat: xalqaro amaliyot va O‘zbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkaziladi.

Anjumanda 50 dan ortiq xalqaro tashkilot hamda mamlakatlar vakillari, O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik korpus va xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning kasaba uyushma tashkilotlari mutasaddilari, chet ellik ekspertlar, O‘zbekiston Respublikasi parlamenti a’zolari, mamlakatimizdagi sud va huquq-tartibot organlari, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari, respublika va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishi kutilmokda.

Xalqaro konferensiyaning yalpi majlisi “International Hotel Tashkent” mehmonxonasining “Amir Temur” konferens-zalida, seksiyalar bo‘yicha munozaralar “International Hotel Tashkent” mehmonxonasi va “Xalqaro Hamkorlik markazi” AK Xalqaro biznes markazining konferens-zallarida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 

Anjuman doirasida xorijiy mehmonlar ijtimoiy obyektlar, xususan, ta’lim va tibbiyot muassasalari, aholi uchun qurilgan arzon uy-joy majmualari, yurtimizning tarixiy shaharlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.

Поделиться