O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“BankExpo – 2015” bank texnologiyalari, asbob-uskunalari va xizmatlari milliy ko‘rgazmasi

2015-03-12

Mazkur ko'rgazma o'tkazilishining dolzarbligi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va uning barqarorligini oshirish va yuqori xalqaro reyting ko'rsatkichlariga erishishning ustuvor yo'nalishlari to'g'risida"gi Qarorida belgilangan respublika bank-moliya tizimini isloh qilish va barqarorligini oshirishning ustuvor yo'nalishlari bilan izohlanadi.

Ko'rgazmani tashkil etishning asosiy maqsadi:

- bank tizimining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari to'g'risida keng jamoatchilikni xabardor qilish;
- tijorat banklari tomonidan kreditlar ajratish shartlari va ko'rsatilayotgan xizmatlarni keng yoritish;
- zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish holati, mamlakatimiz banklarining moliya va boshqa resurslar bilan ta'minlanganlik darajasi bilan tanishtirishdan iborat.

An'anaviy tarzda o'tkazib kelinadigan mazkur ko'rgazma joriy yil 12-13 mart kunlari poytaxtimizdagi "Ko'rgazma Savdo Markazi" pavilonida tashkil etiladi. Ko'rgazma ish vaqti: 12 mart: 11.00 - 17.00 hamda 13 mart: 10.00 - 16.00. Ma'lumot uchun: +(99891) 162-83-03; +(998 93) 383-99-79.

Поделиться