O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

O‘zbekiston delegatsiyasining O‘zbekiston-Yaponiya biznes forumida ishtiroki

2018-03-12

2018-yilning 12-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston-Yaponiya biznes forumida ishtirok etadi.

Delegatsiya tarkibidan Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, «Uztrade» AJ, Surxondaryo viloyati hokimligi vakillari o‘rin olgan.

O‘zbekistonning Tokiodagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, forumda Yaponiya tashqi ishlar, iqtisodiyot, savdo va sanoat, moliya vazirliklari, tashqi iqtisodiy aloqalarga ixtisoslashgan davlat tashkilotlari vakillari, o‘z sohalarida yetakchi kompaniyalar va firmalar, moliyaviy tuzilmalar rahbarlari ishtirok etadi.

Nufuzli tadbirda Yaponiyaning rasmiy va ishbilarmon doiralari O‘zbekistondagi ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, mamlakatimizda chet el investorlari uchun yaratilayotgan afzalliklar va qulay sharoitlar, o‘zaro manfaatli va boshqa aniq loyihalarni amalga oshirish istiqbollari bilan tanishishi kutilmoqda.

Поделиться