O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Markaziy Osiyo xalqaro ekologiya forumi

2018-06-05

Joriy yilning 5-8-iyun kunlari Toshkent shahrida «Atrof-muhitni himoyalash va barqaror rivojlanish borasida hamkorlikni mustahkamlash» mavzuida Markaziy Osiyo xalqaro ekologiya forumi bo‘lib o‘tadi. 

5-iyun – Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuniga bag‘ishlangan ushbu forum O‘zbekiston Hukumati, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi hamkorligida tashkil etilmoqda. 

Forumni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad mintaqani barqaror rivojlantirish strategiyasini birgalikda shakllantirish va bu jarayonda davlat, xalqaro tashkilotlar, ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati va biznes o‘rtasida muloqotni mustahkamlashga ko‘maklashishdan iboratdir. 

– Bugungi kunda ekologiya global muammoga aylanmoqda, – dedi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Bahrom Qo‘chqorov. – Shu maqsadda biz barcha manfaatdor tomonlar, jumladan, biznes va ilmiy hamjamiyatni birlashtirgan holda mintaqaviy muammolarning yechimini topishga yo‘naltirilgan va o‘zaro muvofiqlashtirilgan amaliy choralarni ishlab chiqish uchun samarali maydon barpo etishga e’tibor qaratmoqchimiz. Bu maydon manfaatli aloqalarni birlashtiruvchi va ular yechimini hal etuvchi ishonchli maydon bo‘lib qoladi. 

–“MOXEF-2018” forumi mamlakatlar o‘rtasida muammolarning yechimini topishga qodir bo‘lgan aniq loyihalarni belgilab olish imkonini beradi, – dedi Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi ijrochi direktori diretori Iskandar Abdullayev. – So‘nggi yillar ichida Markaziy Osiyoda o‘zaro ta’sir sezilarli darajada yaxshilandi. Masalan, suv masalalari bo‘yicha. Siyosiy erkinlik shunday vaziyatning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldiki, endilikda suvga hamkorlik predmeti, deb qaramoqdamiz. Bu esa masalalarni birgalikda hal etishga imkon tug‘dirdi. Bizning o‘zaro hamkorligimiz nafaqat ekologik muammolarni hal etish, balki iqtisodiy salohiyatimizni oshirishga ham hissa qo‘shadi. 

“MOXEF-2018” tadbirining rasmiy ochilish marosimi 5 iyun kuni “Hyatt Regency Tashkent” mehmonxonasida o‘tkaziladi. Unda Markaziy Osiyo va Afg‘onistonning ekologiya bo‘yicha idoralari, xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlar vakillari hamda forum tashkilotchilari ishtirok etadi. 

Ekologiya forumi doirasida bir qancha tadbirlar, jumladan, ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma va ekologik toza texnologiyalar biznes-forumi ham bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston, Rossiya, Germaniya, Italiya, Xitoy, Fransiya, Koreya Respublikasi, Armaniston, Vengriya, Chexiya Respublikasi, Latviya va Shveysariya davlatlaridan 40 dan ortiq ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini namoyish etadi. 

 

 

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA

Поделиться