O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Prokuratura organlari xodimlari kuni

2018-01-08

O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshiradi.

Prokuratura organlarining yagona markazlashtirilgan tizimiga O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori boshchilik qiladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq, Bosh prokuror Qonunchilik tashabbusi huquqiga ega bo‘lib bu huquq qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi.

Ma’lumki, 1992 yil 8 yanvar kuni “O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi organlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilingan. 2016 yil 6 dekabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi muhokama qilingan edi. 2016 yil 13 dekabr kuni ish boshlagan Senatning sakkizinchi yalpi majlisida senatorlar “O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunini ko‘rib chiqishdi va 8 yanvarni – Prokuratura organlari xodimlari kuni deb belgilash taklifini bildirishdi. Mazkur taklif prokuratura organlari faoliyati samaradorligini yanada oshirishga, ularni o‘z xizmat vazifalarini vijdonan bajarishga rag‘batlantirishga ko‘maklashishi inobatga olinib, qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi va O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 19 dekabrdagi O‘RQ–414-sonli Qonuniga muvofiq, 8 yanvar O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni etib belgilandi.

Поделиться