O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Made in Uzbekistan”: O‘zbekistonning iqtisodiy yutuqlari ko‘rgazmasi

2017-11-07

Joriy yilning 7-9 noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz” Markaziy Pavilionida O‘zbekiston iqtisodiyotining yutuqlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir “O‘zekspomarkaz” MKK tomonidan tegishli vazirliklar va qo‘mitalar yordamida tashkil etilmoqda.

Ushbu ko‘rgazmani o‘tkazishdan maqsad – milliy mahsulotni ichki va tashqi bozorlarda ilgari surish, sifatli hamda import o‘rnini bosuvchi raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish va oshirish kabilardir.

Ko‘rgazmaning bo‘limlari:

  • Avtomobil sanoati
  • Yengil sanoat
  • Energetika
  • Elektrotexnika
  • Qurilish
  • Kimyo
  • Tog‘-metallurgiya
  • Charm
  • Farmatsevtika
  • Oziq-ovqat
  • Moliyaviy muassasalar
  • Telekommunikatsiya va axborot texnologiyalari
  • Iste’moli tovarlari
  • Mebel sanoati
  • Ta’lim va boshqalar.

Ushbu ko‘rgazmada 150 dan ortiq kompaniyalar o‘zlarining ishtiroklarini tasdiqladilar.

Katta xorijiy kompaniyalar vakillari tashrif buyurishi kutilmoqda.

O‘tkazilish joyi: AJ “O‘zekspomarkaz”.

Ma’lumot uchun telefon raqamlari: + (99871) 238 56-11/19/10/00.

Manba: O‘zekspomarkaz

Поделиться