O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kun

2017-10-21

Xalqning, millatning mavjudligi, avvalo, uning o‘z tiliga egaligi bilan belgilanadi. 1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilinib, o‘zbek tilining huquqiy maqomi mustahkamlandi. 

Mazkur sana munosabati bilan mamlakatimizning barcha ta’lim muassasalarida ona tilimizni rivojlantirish, uning betakror jozibasi va go‘zalligini namoyish etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. «Til – millat oynasi» mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, «O‘zbekiston – Fransiya» do‘stlik jamiyati bilan hamkorlikda «Til – millat oynasi» mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonuni qabul qilinishi va ona tilimizga davlat tili maqomi berilishi tarixiy voqea bo‘lgani, bugungi kunda o‘zbek tili dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lib, mavqei dunyo miqyosida tobora ortib borayotgani alohida ta’kidlandi. 

Ma’lumki, ma’naviy yuksalish, o‘zlikni anglash, avlodlar o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Zotan, buyuk ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy yozganidek, «Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur». 

Tadbirda tilshunos olimlar, professor-o‘qituvchilar tomonidan «Tillar – millat oynasi», «O‘zbekistonda millatlararo totuvlikni mustahkamlash va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalarini rivojlantirishda davlat tili, ya’ni o‘zbek tilining ahamiyati» kabi ona tilimizning sofligi, go‘zalligi va ma’no-mazmunga boyligi keng yoritilgan mavzularda ma’ruzalar tinglandi. 

– Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi, – deydi universitet talabasi Kumush Abdusalomova. – Boshqa xalqlarning tillarini egallash uchun avvalo o‘z ona tilimizni chuqur bilishimiz kerak. Zero, o‘z ona tilini hurmat qilgan insongina boshqa tillarni ham hurmat qiladi. Asrlar mobaynida buyuk ajdodlarimizdan qolgan tengsiz ma’naviy merosimiz – ona tilimizni asrab-avaylash, kelajak avlodga asl holicha yetkazish burchimizdir. 

Tadbirda universitet talabalarining badiiy chiqishlari ishtirokchilar tomonidan samimiy kutib olindi. 

Gulnoza Boboyeva, O‘zA

Поделиться