O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali
Toshkent shahrida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi
2017-08-11
2017-yilning 11-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Xalqaro munosabatlar axborot-tahliliy markazi, BMT Rivojlanish dasturi Vakolatxonasi va YXHT loyihalari Kordinatorining ofisi ishtirokida Toshkent shahrida “Markaziy Osiyo – O‘zbekiston tashqi siyosatining asosiy ustuvor yo‘nalishi” mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazadi.
Tashkilotchilar bergan ma’lumotga ko‘ra, forumda keng jamoatchilikni O‘zbekiston Respublikasining chegaradosh davlatlar bilan do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga yo‘naltirilgan zamonaviy mintaqaviy siyosati mohiyati va mazmuni, shuningdek Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlik va barqaror rivojlanishni ta’minlashning muhim masalalari bo‘yicha mamlakat pozitsiya va yondashuvlari haqida xabardor qilish rejalashtirilmoqda.
Tadbirga Oliy Majlis deputatlari, Markaziy Osiyo davlatlaridan ekspertlar va tahlilchilar, Toshkent shahridagi diplomatik korpus, O‘zbekistonning qo‘shni davlatlardagi elchilari, respublika vazirlik va idoralari, ilmiy-tahliliy markazlari vakillari hamda jurnalistlar taklif qilingan.