O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali

2017-08-25

Ma’lumki,  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 11-martdagi 132-sonli qaroriga muvofiq,  1997-yildan buyon har ikki yilda 25-30-avgust kunlari Samarqand shahrida “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali katta muvaffaqiyat bilan o‘tkazib kelinmoqda.  

Ko‘plab davlatlar,  dunyo miqyosida tanilgan mashhur san’at namoyondalarining mazkur festivalga bo‘lgan qiziqishi yil sayin ortib borayotgani quvonarli holdir.  Vatanimizda ushbu festivalning o‘tkazilishi O‘zbekistonning jahon miqyosidagi obro‘-e’tiborini ortishiga,  insonlarni go‘zallik va ezgulikka da’vat etish,  jahon xalqlarining noyob musiqiy merosi va an’analarini asrab-avaylash va ularni kelgusi avlodga yetkazishga katta zamin yaratmoqda.     

Bugungi kunga qadar,  “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali 10 marotaba muvaffaqiyatli o‘tkazildi.  Undagi ishtirokchi davlatlar soni 1997-yilda 31 tani tashkil etgan bo‘lsa,  2015-yilga kelib,  ushbu ko‘rsatkich  66 tani tashkil qilgani,  festival nufuzining yanada ortib borayotganidan dalolat beradi. 

An’anaga ko‘ra,  joriy yilning 25-30-avgust kunlari Samarqand shahrida “Sharq taronalari” XMF 11 marotaba o‘tkaziladi.  Festival doirasida “Sharq xalqlari musiqa madaniyatida milliy an’analarning shakllanishi va rivojanishi” nomli xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazilishi va unda 20 dan ortiq xorijiy olimlar ishtirok etishi ko‘zda tutilgan. 

Shuningdek,  Festival doirasida maxsus davra suhbatlari,  taqdimotlar va mahorat darslari o‘tkazish rejalashtirilgan. 

Поделиться