O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

Tarmoq sanoat yarmarkasi

2017-06-07

2017 yilgi tarmoq sanoat yarmarkasiga taklif qilamiz !

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 martdagi 153-sonli “2017 yilda Xalqaro sanoat yarmarkasi va Kooperatsion birjasini tashkil qilish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi   Qaroriga muvofiq joriy yilning 7-9 iyun kunlari Toshkent shahridagi “O‘zekspomarkaz” MKM AJ ko‘rgazma maydonlarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining geologiya, yoqilg‘i-energetika majmuasi, kimyo, neftkimyo va metallurgiya sanoati masalalari Majmui tarkibiga kiradigan korxonalarning Tarmoq sanoat yarmarkasi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu ko‘rgazmada mahalliylashtirish Dasturi doirasida  “O‘zbekneftgaz” MXK korxonalarida ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan mahsulotlar (neft va gaz uskunalari, butlovchi qismlar, xom ashyo va materiallar) keng namoyish etiladi.

Neftgaz tarmog‘i korxonalari va tashkilotlari tomonidan mahsulot va xizmatlarni (ishlarni) xarid qilish, sanoat kooperatsiyasi usulida mahsulotlarni, shu jumladan tovarlarni ichki va tashqi bozorlarga yetkazib berish yuzasidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish rejalashtirilmoqda, bu esa o‘z navbatida korxonalarni joriy yil oxirigacha sifatli mahsulotlarni yetkazib berishlari yuzasidan ko‘p sonli buyurtmalar bilan ta’minlashga imkon yaratadi.  

Tarmoq korxonalari bilan yangi qo‘shma ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish va ularni moliyalashtirishda ishtirok etishda kelgusidagi ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida mahalliy va xorijiy kompaniyalar va moliyaviy tashkilotlar vakillarini “O‘zbekneftgaz” MXKning yagona stendini ko‘rish uchun ko‘rgazmaga tashrif buyurishlariga taklif qilamiz.  

Manba: "O‘zbekneftgaz" Milliy xolding kompaniyasi

Поделиться