O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«UzbekistanAgrotechExpo» Xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasi

2017-05-30

2017 yil 30 may – 2 iyun kunlari “O‘zekspomarkaz” MKK ko‘rgazma pavilonlarida «Uzbekistan Agrotech Expo-2017» va «Uzbekistan Agromash Expo-2017» Xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmasi – respublika agrosanoat majmuasi uchun zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalar savdosi o‘tkaziladi.

Mazkur ko‘rgazma respublikamizda muntazam ravishda tashkil etilib, mintaqada o‘zining o‘rni va nufuziga ega bo‘lgan yirik xalqaro tadbirlar sirasiga kiradi.

O‘tgan 2006-2016 yillar mobaynida mazkur ko‘rgazmada dunyoning 60 dan ortiq davlatlaridan 500 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etib, shu jumladan, Germaniya, Italiya, Fransiya, Isroil, Koreya Respublikasi, Xitoy Turkiya kompaniyalari ko‘rgazmaning doimiy ishtirokchilari qatoridan o‘rin olgan.

Ko‘rgazma quyidagi mavzular bo‘yicha yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: “Meva-sabzavotni qayta ishlash”, Go‘sht va baliq mahsulotlarini qayta ishlash”, “Sutni qayta ishlash”, “Veterinariya”, “Non-bulka va makaron mahsulotlari ishlab chiqarish”, “Qadoqlash, o‘rash, etiketka, yorliqlar, tara, poligrafiya”, “Muzlashtish texnologiyalari”, “O‘simliklarni hmoya qilish uchun kimyoviy preparatlar”, “Issiqxonalar”, “Asalarichilik”, “Uy mehnatini tashkil etish bo‘yicha asbob-uskunalar”.

Ko‘rgazma doirasida turli mavzular bo‘yicha seminarlar o‘tkaziladi.

Ko‘rgazmaga doir batafsil ma’lumotni Internetdagi http://agrominitech.mfer.uz veb-saytidan yoki quyidagi elektron manzilga murojaat qilishingizni so‘raymiz:

uzexpocentre@gmail.com;

info@uzexpocentre.uz;

minitech@uzexpocentre.uz.

Ko‘rgazma to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin: +998 71) 238-56-10, 238-56-11, 234-40-62 Faks: 238-56-10 yoki O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining telefon raqami +99871 150-60-06.

O‘zSSP axborot xizmati

Поделиться