O`zbekiston Respublikasi
Hukumat portali

Kalendar

Voqealar

Du Se Ch Pa Ju Sh Ya
Portalda yangilik
  • Sen –qudrat manbai, saodat maskani, jonajon O‘zbekistonim! Batafsil>>>
  • Ommaviy savdolar orqali sotilishi belgilangan davlat mulki obyektlari Batafsil>>>
  • "Davlat organlari ijtimoiy tarmoqlarda" sahifasi Batafsil>>>
  • Jonajon O‘zbekistonim, mangu bo‘l omon! Batafsil>>>
  • “Ochiq byudjet” sahifasi Batafsil>>>

«O‘zbekiston nefti va gazi – OGU - 2017»

2017-05-17

«O‘zbekiston nefti va gazi – OGU - 2017» 21- Xalqaro ko‘rgazma va konferensiya kundaligi

17 may kuni «O‘zekspomarkaz» MKM OAJ ko‘rgazma maydonlarida «O‘ZBEKISTON NEFTI VA GAZI — OGU — 2017» 21-Xalqaro ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhim tadbir O‘zbekiston neftgaz tarmog‘ining 25-yilligiga bag‘ishlandi. Ochilish marosimida so‘zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘rinbosari G‘ulomjon Inomovich Ibragimov jahon uglevodorodlar bozorining dolzarb masalalarini muhokama qilish, hamkorlarning samarali o‘zaro harakat qilishning yangi amaliy mexanizmlarini belgilash uchun sermahsul maydonga aylangan ushbu forumning yuksak ahamiyatini alohida e’tirof etdi. Joriy yilgi ko‘rgazmaga Avstriya, Ozarbayjon, Buyuk Britaniya, Germaniya, Daniya, Italiya, Indoneziya, Qozog‘iston, Xitoy, Latviya, Niderldandiya, Norvegiya Polsha, Rossiya, Singapur, AQSh, Turkiya, Fransiya, Chexiya, Shveysariya, Janubiy Koreya kabi 28 mamlakatdan tashrif buyurgan 178 kompaniyalar faol ishtirok etmoqda.

Bugun kunning ikkinchi yarmida «O‘zbekiston Nefti va Gazi» 21-Xalqaro konferensiyaning ochilishi bo‘lib o‘tdi. Joriy yilning mavzusi — «O‘zbekiston Neftgaz industriyasi yanada yuksalishi uchun rivojlanishning muhim istiqbollari». Anjumanda 400 nafar delegatlar qatnashmoqda. Ularning chiqishlari O‘zbekiston neftgaz industriyasini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari; dunyodagi eng samarali amaliyot misollari; O‘zbekistonda geologik qidiruv ishlari, neftni qayta ishlash va neftkimyo sohalari rivojlanishi istiqbollariga bag‘ishlangan masalalarni qamrab olgan. Anjuman davomida yirik kompaniyalar, xalqaro uyushmalar, assotsiatsiyalar, savdo palatalari va xalqaro moliya korporatsiyalar rahbarlari ma’ruza qildilar.

Bugunning o‘zida forumning sermazmun dasturi doirasida hukumatimiz va «O‘zbekneftgaz» MXK rahbariyatining jahondagi yetakchi kompaniyalar rahbarlari bilan yuqori darajadagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu jarayonda «Gazprom», «General Electric», «SOCAR», «LUKOYL», «KazMunayGaz», «KOGAZ», «REP Xolding» va boshqa mashhur kompaniyalar bilan ikki tomonlama hamkorlikning yangi istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Forumning intellektual maydonida yosh olimlarning «Nefgaz tarmog‘ining istiqbollariga zamonaviy nigoh» mavzusiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Toshkent kimyo-texnologik instituti, Gubkin nomidagi Rossiya Davlat neft va gaz Universitetining Toshkent shahridagi filiali yosh mutaxassislari umumiy majlislarda O‘zbekiston neftgaz sektorini rivojlantirishga doir dolzarb masalalarni hal qilishda yoshlar rolini muhokama qilmoqdalar.

«O‘zbekneftgaz MXK kuni» Maxsus dasturi ham neftgaz tarmog‘ining 25 yilligiga bag‘ishlandi. Tadbir doirasida «Tandirda tayyorlangan mo‘‘jiza» pazandalik shou-tadbiri bo‘lib o‘tdi. «O‘zekspomarkaz» MKMning ochiq maydonida o‘zbek hunarmandlari tomonidan ko‘rkam naqshlar bilan bezatilgan uchta an’anaviy tandir o‘rnatildi. Milliy taomlarning mohir oshpazlari, mashhur usta oshpaz Baxriddin Chustiy boshchiligida, bu tandirlarda ajoyib milliy taomlarni tayyorladilar.

«O‘zbekiston nefti va gazi — OGU — 2017» 21-Xalqaro ko‘rgazma va konferensiya ertaga o‘z ishini davom ettiradi.

Manba: www.ung.uz

Поделиться